Ushbu web-site Buxoro prezident maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlandi.

Xiva xonligining tashkil topishi

Xiva shahrining yoshi Buxoro bilan bir xil. U miloddan oldingi 5 asrda tashkil topilgan. Lekin o'shanda uning nomi Gurganch edi.

1505-yilda Shayboniyxon, 1510-yilda Eron hukumdari Ismoil Xorazmi bosib oladi.
Lekin yana 1512-yilda hokimyatga Shayoniy sulton Elbarsxon kelganidan so'ng Xiva xonligi deb atala boshlaydi. Elbarsxon davlat poytaxtini Vazir shahridan Urganchga ko'chiradi. Keyinchalik Vazirni Eronning qaVa 1770-yillgacha Xivada Shayboniylar hukumronlik suradi

Shayboniyxon

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot

Xiva xonligi katta yerlarga ega bo'lgan qabilalarga bo'linadi. Ularning har biri mustaqillikka intilardi. Shu bilan davlatga bo'ysinmaslik boshlandi.

Shu sababli XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi inqrozga duchor bo'ldi. Buning asosiy sabablaridan biri Amudaryoning o'z o'zanini o'zgartirishidir. Amudaryo Orol dengiziga quyilishini boshlagandan so'ng ko'pgina yerlar cho'lga aylandi va ekinga yaramaydigan bo'lib qoldi.

Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinadi. Va o'zaro qabilaviy nizolar, og'ir soliqlar ham turli to'lov va jarimalar mamlakat aholisining xonavayron qiladi. Savo sotiqqa katta putur yetkazadi.

Xiva xonligi hududi va aholisi

XIX asrning birinchi yarmi davomida xonlik hududiharbiy harakatlar natijasida tobora kengayib borar edi. O'sha asrning 40-yillarida xonlik maydoni 19 ming km2 ni tashkil etdi. Xonlik Eron va Buxoro bilan chegaradosh edi. Ammo Rossiyanning chegarasi kengayishi sababli Xiva xonligiga deyarli chegaradosh bo'lib oldi.

O'sha davrda xonlik aholisi 800ming kishi edi. Poytaxt aholisi esa 20ming ni tashkil etganda. Bularning 65% o'zbek, 26% turkman, qolganlari esa qoraqalpoq va arablarni tashkil etadi.

Abulg'oziy Bahodirxon 32ta o'zbek qabilalarini 4 ta guruhga: Uyg'ur-naymar, Qo'ng'irot-qiyot, Nukuz-mang'it, Qang'li-qipchoq larga bo'ladi. Ularning har birini 4 nafar kishi tayinlangan. Yana xonlikda 23 ta (20 ta beklik viloyat, 2 ta noiblik, 1 ta Xiva shaxri) birlikka bo'lingan. Qolgan mayda mamuriy birlikklar bek va noiblar tomonidan belgilangan.

Xiva xoni va boshqa beklar

Boshqaruv tizimi

Xiva xonligi Buxoro xonligi dek mutloq monarxiya tuzimiga bo'y sinardi. Bunda taxt otadan katta o'g'ilga o'tardi. Shunday bo'lishiga qaramay xonligda Oliy va Kichik kengash faoliyat yuritgan. Xiva xonligida bosh vazir: mehtar. Qo'shin boshqaruvi va soliqlarning to'g'ri tushishiga qo'shbegijavob bergan. U har bir jangda qatnashgan va uni "sahobi devoni a'lo", amir deb ulug'lashgan. Qo'shbegining o'zi ko'chmanchi qabilalardan tanlangan. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab inoqning mavqeyi tusha boshladi va biy, otaliq, inoq lavozimlari to'liq bekor qilindi. Bundan keyin xonligda 3 ta devon tuzildi( xo'jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy) va ularni devonbegi boshqara edi. Xonlik tartibiga kiradiga qozoq va qoqaqalpoqlar o'z biylari bilan turkmanlar esa o'z vakillari bilan boshqarilgan. Ularning lavozimlari avloddan avlodga o'tsada lavozimni xon tasdiqlashi kerak edi. Oliy kengash azosi bo'lgan yassavul boshi Xon xafsizligi uchun javob bergan. Xonlikda mirob, parvonachi, qutvol, shug 'ovul (chct  cl davlatlari elchilarini qabul  qiluvchi va ularning ta'minoti uchun mas'ul amaldor), mahram (xonning maxfiy maslahatchisi, alohida top­ shiriqlarini bajaruvchi, zarurat bo' lganida elchi qilib jo'natiladigan mansabdor shaxs) kabi lavozimlar ham mavjud edi.

Harbiy ish

Xiva xonligida Muhammad RahimxonI davrida muntazam qo'shin tuzildi. Mazkurqo'shin xon nav­karlari deb ataldi.Uning umumiy soni 2 ming askardaniborat edi. Qo'shinning Bosh  qo'mondoni  yasovulboshi deb atalgan. Tinchlik paytidaxon navkarlari xon va uning oilasiniham qo'­ riqlagan.Qo'shin va harbiy mansabdorlar Xiva shahriga  yaqin at­ rofdan ma'lum miqdorda ycr maydoni hamda maosh bilan ta'min­ langan. Xonlikda,shuningdek, nomuntazam  qo 'shin - xalq  lashkari ham mavjud cdi. XIX  asr o'rtalarida  ularning  soni 9-10  ming  ki­ shini tashkiletgan. Biroq Buxoro qo'shinidan farqli ravishda  Xiva xonligi  doimiy  qo'shini  maxsus harbiy  kiyim-boshga  ega bo'lma­ gan. Harbiylar, asosan, har xil chopon kiyishgan. Xonlikda davlat chegarasini qo'riqlash uchun ham qo'shin ajratilgan.  Chegara qo'­ shiniga qorovulbegi qo'mondonlik qilgan.

Xiva Osiyo davlatlari bilan munosabatlari.

XIX asr birinchiyarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo'qon,  Afg'oniston,  Eron,  Hindiston va Usmonlilar  kabi  davlatlar bilan  savdo-iqtisodiy va clchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir to­mo ndan, Xiva xonligi hududining O'rta Osiyo savdogarlari va Haj safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Makka va boshqa shaharlarga o'tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan  esa chet davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish davlat xazinasiga daromad ketirayotganligi sabab bo' ldi. Xiva-Buxoro xonligilari anchadan beri qisilib kelar edi. Shuning uchun u 2 davlat manfaatlari Marv shahriga to'g'ri kelddi. Ushbu shahar Eron bilan savdo yo'lini bog'lab turardi. XIX asrnig birinchi yarmida ushbu shahar uchun bir nechamarta urush bo'lib o'tdi.

Qadimgi mavr shahri.

1812-yilda Xivaga Eron va qozoqlarning O'rta juz xonligidan elchila keldi. Va ular kelisha olishdi. XIX arsda hatto Afg'oniston bilan elchilik munnosabatlari yo'lga qo'yildi. Muhammad Raximxon I afg'on shohiga davlat tepasiga chiqishga yordam bergani uchun. Xiva savdogarlariga Kobulda savdo qilish imkoniyati berildi.
Xiva xonligi 1834-1844 yillarda Qo'qon xonligi bilan o'zaro munosabatlarni va savdo yo'llarini yaxshiladilar.
Olloqulixon majmuasi  14  gumbazli  tim (yopiq  bo­zor), karvonsaroy va omborxonadan iborat qilib qurilgan. Bozorda Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Buxoro va Qo'qon kahi davlatlardan keltirilgan mollar sotilardi. Karvonsaroy  ikki qavatli  bo'lib, 105 huj­rali edi. Xiva xonligining anori, qovuni, uzumi,nashvatisi, anjiri va o'rigining shirinligi chet ellarda ham mashhur bo'lgan.

Xivadagi Olloqulixon karvonsaroyi

Adabiyot

Bu   davr  xonlik  adabiyotitla   Amir Avazbiy   o ' g'Shermuhammad (taxallusi  Munis  Xorazmiy)  va
uning jiyani  Erniyozbek   o 'g 'li  Muhammad   Rizo  (taxallusi   Ogahiy) lar alohida ajralib turadilar.  Munis Xorazmiy yoshlik  chog'laridan adabiyot va tarix  faniga mehr  qo'ydi. 1800-yilda  otasi  vafot etgach, saroy kotibi etib tayinlandi. 1804-yilda birimchi
she 'rlarini o'z ichiga olgan devon -,,Devoni Munis" ni yaratdi.Munisning ,,Oshiqlar do' sti" devoni 20 mingdan ortiq misradan iborat.U xattotlar tomonidan ko'­chirilib, ajoyib kitob holiga keltirilgan.
Ogahiy shoir siratida yaralganasarlar lo'plami ,,Oshiqlar tumori" deb ataladi va u 19 ming misradan iborat.Uning g'azallari ,,Shashmaqom" ning hamma kuylariga tushadi. Ogahiy o'z davriningmohir tarjimoni ham edi. U Sa'diy Sheroziyning  ,;Guliston" ,  Abdurah­mon Jomiyning ,,Yusuf va Zulayho" hamda Nizomiy Ganjaviy ,,Xamsa" sining ba'zi dostonlarini o'zbek tiliga tarjima qildi.

Xivadagi Olloqulixon karvonsaroyi

Tarix

.Abulg'oziy Baxodirxon o'zining ,,Shajarayi turk va mo'g'ul" asari bilan tarixda nom qoldirdi. Asarning ,,Taqi Shay­bonxon  avlodidin  Xorazm  mamlakatinda podshohlik qilg'onlarning zikri" deb nomlangan  I  bobi  Xorazmning   1512-1663-yillardagi ta­rixiga bag'ishlangan. Ahulg'oziy Bahodirxon yozgan bu  asarning  qim­mati yana shundaki, u o'zbek tilida yozilgan.
Xorazm tarixi bo'yicha eng qimmatli asarlardan biri  ,,firdavs  ul-iqbol" (,,Jannat bog'i") asari Munis qalamiga marnsub bo'lib, unda Xorazmning  qa­ dimgi davridan 1825-yilgacha bo'lgan  tarixi bayon ctilgan.  Biroq Munis asarni yuzib tugata  olmadi.  Asarning  qolgan qismi  jiyani Ogahiy tomonidan yozildi. Ayni paytda, Ogahiyning o'zi ham ,,Dav­latning jannat bog'i", ,,Tarixlar sarasi", ,,Sulton voqealarining maj­muasi" hamda ,,Davlatlar  gulshani"  kabi tarix  faniga oid  asarlar yozib qoldirdi.

Talim tizimi

Xiva  xonligida  ham  ta'lim   ikki  bosqichli edi. Quyi  bosqich  -   boshlang'ich   maktab bo'lib, unda o'quvchilar o'qish-yoshini o'rganganlar. XIX asrda xon­likda 1,5 mingga yaqin boshlang'ich maktab faoliyat ko'rsatgan.  Mad­rasalar soni esa 103 tani tashkil etgan. Shundan 22 tasi Xiva shahridajoylashgan. Munis ta'lim sohasi rivojiga o'zining 1804-yilda yozgan,,Savodi ta'lim" asari bilan hissa qo'shdi. Bu she'riy qo'llanma savod chiqarishni yengillashlirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga mo'ljallangan edi.
Madrasa ta'limning uliy bosqichi bo'lib , unda diniy  ilm bilangalikda ara tili grammatikasi, mantiq,  nutq  madaniyat, matematika, geografiya, tarix fanlari o'qitilgan. Madrasani bitirganlar qozi, uning yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mu­darrislik ham qilishgan. Ta'limning barcha xarajatlari, mudarris va talabalarning ta'minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.